O’zbekistondan suv tanqisligi global iqlim o’zgarishi oqibatida tobora dolzarblashib bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlari aholisining suvga bo’lgan talabi asosan transchegaraviy daryolar hisobiga qondiriladi. Tadqiqotlarga ko’ra, 2025 yilga borib iqlim o’zgarishi, global haroratning oshishi tufayli Amudaryo va Sirdaryo daryolarini suv bilan ta’minlayotgan muzliklar zaxirasining 15–20 foizga kamayishi kutilmoqda. Tog’ muzliklari hajmi yiliga 0,2–1 foiz atrofida kamayib borayotgani, tog’ daryolari havzalarida qor zaxiralari tobora qisqarayotgani aniqlangan. Ushbu maqolada keltirilgan muammolarni bartaraf etishda avvalom bor qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda suv tejamkor texnologiyalarni qo’llashni takomillashtirish va suv sarfini hisoblash, kanalni masofadan boshqarish, kanaldagi suv yo’qotishlarini qayd etish va uning oldini olish usullarini to’liq avtomatlashtirishga bag’ishlangan takliflar ishlab chiqilgan.